Quvasoy shahrida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar faol davom etmoqda








#Dolzarb_90_kun 🌈Quvasoy shahrida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar faol davom etmoqda 🏝Yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida "Dolzarb 90 kun doirasida yoshlarga qaratilgan bir qator foydali tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlar bolajonlar uchun chinakam quvonch va maroqli dam olish maskaniga aylangan. 🏖Ular uchun yozgi ta’til kunlari turli sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar, ijodiy tanlovlar, kitobxonlik darslari, teatr mashg‘ulotlari va tabiat qo‘ynidagi sayohatlar bilan boyitilgan. 🏖Bu tadbirlar negizida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi, ijodkorlik va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. ❕Ma'lumot o'rnida, joriy yil yoz mavsumida Quvasoy shahridagi 8 ta oromgohda 3 950 nafar bolalarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan. 🌤Quvasoy shahrida bugungi kunda jami 3 ta statsionar oromgohda 2 950 nafar, 5 ta maktab qoshida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlarda esa 1 000 nafar bolajonlar mazmunli va maroqli dam olmoqdalar. 🌞Statsionar shaklda “Vodiy gavhari”, “Kimyogar” va “Quvasoy” bolalar oromgohlari mavjud bo‘lsa, kunduzgi shaklda 2-, 4-, 15-, 25-, 27-maktablarda bolalar oromgohlari faoliyat olib bormoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Giyohvandlik-taraqqiyot kushandasi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Oila mustahkamligi – jamiyat farovonligi


Ijtimoiy ko‘nikma markazi yangi xayot sari yetaklaydi