Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
44
2

Ma'muriy-hududiy tuzilishi

Oʻzbekiston tumani Fargʻona viloyatining markaziy hududida joylashgan. Tumanda 12 ta fermer xoʻjaligi uyushmasi, 715 ta fermer xoʻjaligi, 236 ta dehqon xoʻjaligi mavjud. Shuningdek, tuman hududida “Oʻzbekiston Agro Industrial” MCHJ, "Oʻzbekiston Parrandachilik" shirkatlari va bir qancha kichik biznes subyektlari faoliyat yuritadi. Tumanda 32 ming bosh qoramol, 41 ming qoʻy va echki, 122 ming parranda boqiladi. Ijtimoiy sohada 48 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 4 ta kasb-hunar kolleji, 2 ta litsey faoliyat koʻrsatadi. Madaniyat va sogʻliqni saqlash yoʻnalishida 5 ta madaniyat uyi, 2 ta kutubxona, 3 ta poliklinika, 12 ta qishloq vrachlik punktlari mavjud. Shuningdek, "Oʻzbekiston ovozi" tuman gazetasi nashr qilinadi (adadi 3000).

Aholisi:

236.0 ming kishi

Maydoni:

690 kv.km

Tashkil topgan yil:

1926 yil

Rasmiy vebsayti:

yaypan.uz

Sanoatning asosiy tarmoqlari:

Tuman xoʻjaligining asosini paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, pillachilik, mevachilik tashkil etadi. Sabzavot, poliz ekinlari, uzum ham yetishtiriladi. Tumanda jami xoʻjalik yurituvchi subyektlardan kichik korxonalar, mikrofirmalar, boshqa turdagi korxonalar, 2 qoʻshma korxona, shuningdek, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Shoʻrsuv shaharchasida sopol quvurlar zavodi faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari:

gʻallachilik, paxtachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, goʻsht-sut chorvachiligi, parrandachilik, pillachilik