Sudlar to‘g‘risidagi qonun

Jamiyatda inson xukuq va erkinliklarini xurmat qilish madaniyatini shakllantirish, shu orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish, buning uchun xukuqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirish lozim. Sud huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Sudlar to‘g‘risidagi qonuni qabul qilinib, ushbu xujjatga ko‘ra, barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘rilishi belgilandi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l ko‘yilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur qonun bilan sud tizimi tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasida: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari; fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shaqar sudlari; jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari; tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari; tumanlararo ma’muriy sudlaridan iboratligi ko‘rsatilgan. Sudlar faoliyatini nazorat qilib borish tartibi belgilanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud kuyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish xukuqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan Xalq maslahatchisining saylanishi tartibi va muddati, ularning yoshiga nisbatan ham talab kuyilgan bo‘lib 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston fuqarosi xalq maslaxatchisi bo‘lishi mumkinligi belgilangan. Sudyalik lavozimiga tayinlanganda yoki saylanganda ushbu lavozimda bo‘lish muddati ko‘rsatilgan bo‘lib, Sudyalik lavozimiga tayinlanganda yoki saylanganda ushbu lavozimda bo‘lish muddati ko‘rsatilgan bo‘lib, qonun talabiga ko‘ra sudya birinchi marta 5 yillik muddatga, navbatdagi Yu yillik muddatga va lavozimda bo‘lishning muddatsiz da vri ga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, Oliy sud sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi 70 yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun - 65 yoshni tashkil etishligi belgilangan. Qonunda sudyalarning ijtimoiy va moddiy himoyasiga ham alohida tartibda belgilangan. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, sud-xukuq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda qonun ustuvorligini va ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. N.Salomov Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi tergov sudyasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Giyohvandlik-taraqqiyot kushandasi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Oila mustahkamligi – jamiyat farovonligi

Ijtimoiy ko‘nikma markazi yangi xayot sari yetaklaydi