Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
63
9
162025-06-26 20:10

Giyohvandlik-taraqqiyot kushandasi

BMT Bosh Assambleyasining 1987 yil 7 dekabrda qabul qilgan rezolyusiyasiga muvofiq, har yili 26 iyun-Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni sifatida dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Bu sana dunyo hamjamiyatining giyohvand moddalar tarqalishi va unga qarshi kurashish borasidagi qat’iy irodasini namoyon etadi. O‘zbekiston tumanida ham sana munosabati bilan "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, chellenjlar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida ishtirokchilarga giyohvandlikning og‘ir oqibatlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Giyohvand moddalarga berilgan insonning hayotida ortga yo‘l qolmasligi, bu illat uni jismonan ham, ruhan ham halokatga olib borishi, oilaviy, ijtimoiy, moddiy va ma’naviy hayotini vayron qilishi ta’kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz