Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi






Bugun O‘zbekiston tumanida tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda tuman hokimining investisiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jaxongir Akramov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Fozilov va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman bo‘limi boshlig‘i Ravshanbek Sobirov, tijorat banklari hamda boshqa daxldor muassasalar mutasaddilari ishtirok etdi. Ochiq muloqotda tadbirkorlarga qonunchilikdagi o‘zgarishlar, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, joriy etilayotgan yangilik va qulayliklar, xususan soliq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, biznes rivoji uchun mavjud imkoniyatlar, imtiyozli kreditlash va davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohada iqtisodiy jinoyatlarni oldini olishning muhim ahamiyatlariga to‘xtalindi. Shuningdek, tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari yana bir bor tushuntirilib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Giyohvandlik-taraqqiyot kushandasi

Oila mustahkamligi – jamiyat farovonligi


Ijtimoiy ko‘nikma markazi yangi xayot sari yetaklaydi