Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
63
9
262025-06-26 10:12

Ijtimoiy ko‘nikma markazi yangi xayot sari yetaklaydi

Ijtimoiy ko‘nikma markazi Jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan shaxslarga, oziq-ovqat, kundalik extiyoj buyumlari uchun bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, xujjatlar, jumladan, mehnat daftarchasi, diplomlar, nafaqa guvoxnomasi va boshqalarni olishda, zaruriy xollarda davolanish, qariyalar va nogironlar uylariga yo‘llanmalar berish, Nizomning birinchi bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni ijtimoiy sharoitga ko‘niktirish uchun zarur bo‘lgan boshqa yordam ko‘rsatish vazifalarini bajarib kelmoqda. 2025 – yilning 6 oy davomida Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan 38 nafar shaxslar tumanimizga - doimiy yashash joylariga yetib kelgan. Ularning 33 nafariga shahar hokimligi maxsus komissiyasining yakuniy xulosalariga asosan, Ijtimoiy ko‘nikma markazi tomonidan xukumat qaroriga asosan bazaviy xisoblash miqdorining 6,0 barobarigacha miqdorida jami 50 243 000 so‘m mablag‘ tarqatildi. Shahar tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda Jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqarilgan fuqarolarning barchasi to‘liq malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Markaz tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan har bir shaxs bilan yakkama-yakka suxbat o‘tkazilib, kelgusi xayotda o‘z o‘rnini topib ketishlariga amaliy yordam berildi. Takroran jinoyat sodir etilishini oldini olish uchun tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarni ijtimoiy xayotga moslashishlariga, jamiyatda o‘z o‘rnilarini topishlariga ko‘maklashish maqsadida joylardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi, uzoq yillar davomida turli soxalarda ishlab, hozirda nafaqaga chiqqan fuqarolar, mahalladagi namunali oila a’zolari, mahalla faollaridan iborat tarbiyachi murabbiylar, IIB profilaktika inspektorlari biriktirildi. Tarbiyachi murabbiylar tomonidan fuqarolarga jamiyatimizda olib borilayotgan isloxotlarning mazmun moxiyati, inson manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan sayi-harakatlar, bugungi tinch osuda xayotimizga shukrona keltirish, mahallada o‘tkazilayotgan turli marosim va tadbirlardagi ishtiroklari, mexnat bozorida o‘zlarining o‘rnilarini topishlariga ko‘maklaish borasida tegishli tashkilotlar bilan bir qator samarali ishlar olib borildi. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqib kelgan shaxslarning 4 nafari ayollar, 1 nafari nafaqaxo‘rlar, 1 boshqa kasalliklarga chalinib, vaqtincha davolanayotganlar, 5 nafari giyoxvandlar.Jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqqan fuqarolarning barchasi fuqarolik pasporti bilan ta’minlandi. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ijtimoiy foydali mexnat bilan bandligi ta’minlandi. Shulardan kambag‘alikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari tomonidan xam ish bilan ta’minlab kelinmoqda, fuqarolarni o‘zlari xunarlari bo‘lganligi uchun mustaqil ravishda tadbirkorlik, chevarchilik, ustachilik, duradgorlik, nonvoychilik, savdogarlik bilan shug‘ullanmoqdalar. Jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaxslar kasb-xunar egallash uchun Monomarkazlar tomonidan kasbga o‘qitilish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan fuqarolarni yashash manziliga kelganlaridan so‘ng ijtimoiy xatga moslashish ketishlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Respublikadagi Jazoni ijro etish muassasalariga xabarnomalar jo‘natildi. Shuningdek markaz tonidan jazoni ijro etib kelgan A.Abdujabborovga oilasi tiklanishi uchun tuman hokimligi, xotin-qizlar, maxalla faollari ishtirokida oilasini tiklash uchun yordam ko‘rsatildi. Markaz tomonidan fuqaro X.Otabekovaga xususiy tadbirkorlik qilish maqsadida kredit olishga ularni xayotga moslashib o‘z yo‘lini topishlariga ko‘maklashildi. Tumandagi mutasaddi idora vakillari, siyosiy partiyalar, shahar faollari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari, shahardagi korxona-tashkilot raxbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtiomiy xayotga ko‘niktirish borasida keng jamoatchilikni qamrab olish, ular o‘rtasida qayta jinoyatlar sonini oldini olish borasida uchrashuv va davra suxbatlari o‘tkazildi. Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy moslashuviga hamda kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Ijtimoiy ko‘nikma markazining yo‘llanmasi va ko‘magi asosida 1 nafar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-299-sonli qarori asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashldi. D.Xikmatova O‘zbekiston tuman hokimligi huzuridagi Ijtimoiy ko‘nikma markazi rahbari

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz