Oila mustahkamligi – jamiyat farovonligi







Bugun O‘zbekiston tumanida “Oilalar mustahkamligini ta’minlashda "Oqila ayollar” harakatining o‘rni" mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Unda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, hamkor muassasalari vakillari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari va otinoyilar qatnashdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zulfiyaxon Sarimsoqova harakatning jamiyatdagi tutgan o‘rni, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishdagi samarali yondashuvi haqida atroflicha so‘z yuritdi. Shuningdek, oila qadriyatini yanada mustahkamlash, unga tahdid solayotgan turli salbiy holatlarning oldini olish, farzand tarbiyasida ota-ona mas’uliyatini oshirish kabi mavzularga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tumanda erishilayotgan natijalar haqida ma’lumotlar berildi. Forumda harakat a’zolarining tuman xotin-qizlariga murojaatnomasi o‘qib eshittirildi. Mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol ayollar taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Giyohvandlik-taraqqiyot kushandasi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi


Ijtimoiy ko‘nikma markazi yangi xayot sari yetaklaydi