O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatovning 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, sohaning aziz faxriylari va blogerlar! Barchangizni 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Albatta, bugungi shiddatli zamonda har bir soha taraqqiyoti axborot siyosati bilan mustahkam bog‘liq. Shu sabab ham jamoatchilikka to‘g‘ri, xolis va tezkor axborot yetkazuvchi jurnalistlarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy jurnalistikamiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan o‘tkir qalam egalarining fidokorona mehnati doimo e’tirof va e’zozga loyiq. Qadrli jurnalist va blogerlar! Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. El-yurt manfaati va Vatanimiz salohiyatini bundan-da yuksaklarga ko‘tarish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda Sizlarga yangidan-yangi zafarlar yor bo‘lsin! Ravshanbek Begmatov, O‘zbekiston tumani hokimi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Qo‘qon shahar hokimi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi