Qo‘qon shahar hokimi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Qo‘qon shahar hokimligi hamkorligida tuzilgan media-reja asosida o‘tkazilgan media-tadbir davomida Marufjon Usmonov Qo‘qon shahrida ijtimoi-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berib, jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi. Xalk so‘zi gazetasi tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari Fazliddin Abilov boshchiligidagi ijodiy guruh Qo‘qon shahrida qurilish, sanoatni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash, turizm va turizm infrastrukturasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif so‘nggida ijodiy guruh Qo‘qon shahar hokimi bilan muloqotda bo‘lib, press-turlar davomida paydo bo‘lgan savollari va Qo‘qon shahrini istiqboldagi rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

BOLA HUQUQLARI DAVLAT HIMOYASIDA


Transport vositasini olib qochish uchun qanday jinoiy javobgarlik belgilangan