Qonunchilikdagi o‘zgarishlar

Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga, sud ishlari yuritilishini takomillashtirishga, shuningdek fuqarolarning va tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga hamda uning vakolatlariga taalluqli yangi normalar belgilanganligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatini yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda. Ushbu Qonun bilan «Sudlar to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari normalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi, hech kim o‘ziga hamda yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi, agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi, shuningdek shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Ushbu Qonun yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining so‘zsiz va to‘liq amalga oshirilishini, odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlashga hamda davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi, hususan: 1) 23-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirildi, ya’ni: «Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Shuningdek qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin. Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas». Sh.Mirzakirov Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Ijtimoiy ko‘nikma markazi yangi xayot sari yetaklaydi

Ҳамкорликда иш юритиш ижобий натижага тез эришиш йўли.


