9 may – Xotira va qadrlash kuni








Dang‘ara tumani 27- sonli Musiqa va San’at maktabida 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Inson qadri ulug‘ — xotira muqaddas” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda xalqimizning tarix sahifalariga o‘chmas harflar bilan bitilgan urush va mehnat faxriylarining jasorati, mardlik va matonati, mehr-muruvvati va yuksak ma’naviyati, chekkan zahmatli mehnatlari oldida ta’zim qilish, bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukronalar qilish, mustaqillikdek aziz ne’matning qadriga yetish, uni ko‘z qorachig‘imizdek asrab-avaylash lozimligi ta’kidlandi. Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan ikkinchi jahon urushi yillari aks etgan badiiy sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


"Faol hayotga qadam" dasturi joriy etilmoqda


“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi amalda