Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
46
5
2242025-05-27 00:35

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlar korpusi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida olib borilgan o‘rganishlar natijalari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

Xalq deputatlari O‘zbekiston tumani Kengashining navbatdagi to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, tuman tibbiyot birlashmasi va uning tassurufidagi sog‘liqni saqlash muassasalari mutasaddilari, kun tartibidagi masalalarga daxldor davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. Kun tartibiga muvofiq, dastlab Xalq deputatlari O‘zbekiston tumani Kengashiga bo‘shab qolgan 2-Nursux saylov okrugi bo‘yicha saylov o‘tkazuvchi komissiya a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilib, unda tuman saylov komissiyasi raisi Shohruxbek Shokirovning axboroti tinglandi. Navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-oktyabr kungi “Davlat tili haqidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 171-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 14-son bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosining tuman tibbiyot birlashmasidagi natijadorligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijalari to‘g‘risida tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ibroximjon Mamajonov axborot berdi. Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tibbiyot sohasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tumanimizdagi ijrosi holati, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi borasida deputatlar korpusining o‘tkazgan o‘rganishlari natijasi tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Qayd etildiki, mazkur o‘rganishlar Davlatimiz rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan vazifalar asosida o‘tkazildi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarni takrorlamaslik yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar yuklatilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan soha mas’ullariga tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi. Sessiya davomida ko‘rilgan masalalar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida yakunda xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz