Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
46
5
682025-05-28 10:11

Oilaviy zo’ravonlikka qarshi kurashishda erishilayotgan yutuqlar va ularning jamiyat rivojida tutgan o’rni

O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, oila ichidagi munosabatlarni tartibga solish va himoya qilishga qaratilgan muhim huquqiy hujjatdir. 2025 – yilning 9-aprel kuni qabul qilingan 1053-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuniga ko’ra oila kodeksining 40-moddasiga yangi o’zgartirish kiritildi. Ushbu o’zgartirish oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikka qarshi kurashda yanada qat’iyroq yondashuvni ta’minlashga qaratilganligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Qonun bilan sudlar tomonidan nikohdan ajratish haqidagi fuqarolik ishalri ko‘rib chiqilayotganida oilaviy (maishiy) zo’ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko’ra er-xotinning yarashishi uchun muhlat bermaydi. Bu o‘zgartirish sudlarga oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda, zo‘ravonlikni davom ettirishga qarshi qat’iy chora ko‘rishga imkon yaratadi. Yurtimizda so’nggi yillarda oila institutlarini mustahkamlash, oilalarda zo’ravonliklarni oldini olishga qaratilgan kenglab islohotlar o’tkazilayotgan bo’lsada, hanuz jamiyatimizda oilalarda zo’ravonlik, kuch ishlatish kabi axloqqa zid holatlar uchrab turibdi, misol tariqasida: 2023-yil davomida 45,000 dan ortiq ayol oilaviy zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan. Ayollarning 20% oilaviy zo‘ravonlikni qabul qilishga majbur bo‘lgan, chunki ular huquqiy yordamga murojaat qilishdan qo‘rqishgan. 10% dan kamroq holatlar rasmiylashtirilgan va sudga taqdim etilgan. So’nggi o’zgartirishlar sudlarga oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rishga yordam beradi. Sudlar uchun yarashish uchun muhlat belgilashning taqiqlanishi, jabrlangan shaxsning hayotini va salomatligini himoya qilishni kuchaytiradi. Bu o‘zgartirish orqali: Jabrlangan shaxslarning huquqlari himoya qilinadi va ular zo‘ravonlikdan qochish uchun hech qanday majburiyatga tushmaydi. Sudlar uchun yanada qat’iyroq me’yorlar belgilanishi, zo‘ravonlik holatlarida vaqt o‘tkazmasdan, darhol tegishli qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Yangi o’zgartirish qo‘llanilgandan keyin, maishiy zo‘ravonlikni yashirish holatlari kamayadi va jabrlanganlar sudga murojaat qilishdan qo‘rqmaydilar. Oila kodeksidagi yangi o‘zgartirish, maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurashda ijtimoiy va huquqiy tizimni yanada kuchaytiradi. Sudlarning oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni himoya qilishda yanada faolroq bo‘lishi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishiga xizmat qiladi. Kelajakda, bu o‘zgartirishlar oilaviy zo‘ravonlikni kamaytirishga va jamiyatdagi adolatni ta’minlashga xizmat qilishiga yordam beradi. Xatamkulov Foziljon Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining sudyasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz