Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
48
5
1332025-05-28 10:46

DXX kubogi – 2025: musobaqaning O‘zbekiston tumani bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

O‘zbekiston tumanida mini futbol hamda futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” sport musobaqalarining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqalarning dastlabki saralash bosqichlarida tumandagi 73 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 16-30 yosh toifasidagi uyushmagan yoshlardan iborat jamoalar qizg‘in bahslar olib bordi. Yakunda mini-futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rinni “Ko‘l Elash”, 2-o‘rinni “Sho‘rqishloq”, 3-o‘rinni “Oqtepa” mahallasi jamoasi egalladi. Mini-futbol bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rinni “Dehqonobod”, 2-o‘rinni “Sho‘rqishloq”, 3-o‘rinni esa “Do‘stlik” mahallasi jamoasi qo‘lga kiritdi. Futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final o‘yini “O‘zbekiston” o‘yingohida “Dehqonobod” va “O‘qchi” mahallalari jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. Unda “O‘qchi” mahallasi yoshlari g‘alaba qozonib, 2025 yilgi DXX kubogi tuman bosqichi g‘olibiga aylandi. Uchinchi o‘rin “Oqmachit” jamoasiga nasib etdi. Musobaqa g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, Davlat xavfsizligi xizmati tuman bo‘limi rahbariyati, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari va futbol ixlosmandlari ishtirok etdi. Gʻolib va sovrindor jamoalarga maxsus kubok, tegishli darajadagi diplom va medallar, esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz