Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
50
6
1102025-05-30 22:55

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy tajribalarni qo‘llash mo‘l hosil va yuqori daromad olishga garovdir

Bugun Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston tumanida g‘o‘za parvarishidagi muhim vazifalar, g‘alla o‘rimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda suv xo‘jaligida tejamkorlik va omilkorlik masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarda ishtirok etdi. Viloyat hokimi dastlab, viloyat va tuman rahbariyati, bir guruh soha mas’ullari hamrohligida tumandagi “Maslahat Aziz”, “Ozodbek Rashid” kabi fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za parvarishini ko‘zdan kechirdi. “Sobirjon yuksalish sari” fermer xo‘jaligi dala shiyponida tizim mutasaddilari, fermerlar, keksa, tajribali dehqonlar, o‘rim otryadlari rahbarlari va nuroniylar ishtirokida davom etgan seminarda tuman qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar samaradorligi muhokama qilindi. Seminarda viloyat rahbari qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini rivojlantirish orqaligina har tomonlama yuqori natijaga erishish mumkinligini yana bir bor uqtirib o‘tdi. Bu borada xorijiy mamlakatlar tajribalari va erishilayotgan samaralar misol qilib ko‘rsatildi. Viloyat ishchi guruhining tuman hududlarida g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarning olib borilishi ahvoli yuzasidan o‘rganish natijalari muhokama etilib, yaxshi natijalar bilan birgalikda xato va kamchiliklar ham yo‘q emasligi qayd etildi. Ayniqsa g‘o‘za parvarishida qoloqlikka yo‘l qo‘yayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyati qattiq tanqid ostiga olindi. Muhim agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli amalga oshirish, sohada xorijiy ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali paxta va g‘alla hosildorligini oshirish, jarayonlarga yetarlicha qishloq xo‘jaligi texnikalarini jalb etish, ekinlarni begona o‘tlar va zararkunandalardan himoya qilish, ichki ariqlarni betonlashtirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan sohaviy mas’ullarning har biriga aniq vazifalar yuklatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz