Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
50
6
752025-05-30 23:26

“Farovon kelajak” mahallasida toza ichimlik suvi bilan bog‘liq ko‘p yillik muammo bartaraf etilmoqda

O‘zbekiston tumanidagi “Farovon kelajak” mahalla fuqarolar yig‘inidagi mavjud va ko‘pdan yaroqsiz holatga kelib qolgan asosiy ichimlik suvi tarmog‘i yangisiga alishtirilmoqda. Aholi taklif va murojaatlari asosida mahallaga “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ tomonidan 1 ta suv nasosi va 250 metr ichimlik suvi tarmog‘i yetkazib berildi. Ayni kunlarda “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ tuman filiali mutaxassislari mahalla ahlining faol ko‘magi bilan ayni tarmoqni tortish ishlarini bajarmoqda. Qayd etilishicha, ushbu xayrli tadbir yakuni natijasida 200 dan ziyod xonadonning toza ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz