1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bu kuni aynan 1 iyun sanasida nishonlash taklifi 1925 yil Shvesariyaning Jenevada shahrida ilgari surilgan. 1950 yildan esa 1 iyun kuni Birlashgan millatlar tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlab kelinadi. Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. 1959 yil 20 noyabrda Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan “Bola huquqlari deklaratsiyasi qabul qilingan bo‘lib, unda ota-onalar, davlat organlari, mahalliy hokimiyat va hukumatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari bolalarning ularda belgilangan huquq va erkinliklarini tan olishga va ularni hurmat qilishga intilishiga oid moddalar mavjud. Deklaratsiya faqat tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, majburiy kuchga ega emas edi. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya 1989 yil 20 noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 44/25-sessiyasida qabul qilgan. Mazkur Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi 757-XII-sonli qarori bilan ratifikatsiya qilingan. O‘zbekistonda bolalar huquqlar, avvalombor Konstitutsiyada belgilangan. Shuningdek 2007 yilda qabul qilingan “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, 2019 yil 22 apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan himoyalangan. 2024 yil 29 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining bola Huquqlari bo‘yicha vakili(Bolalar ombudsmani) to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. “Bolalarni himoya qilish kuni” bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini bolalarning muammolariga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo‘lishlariga va o‘z mamlakatining to‘la-to‘kis va xotirjam fuqarosi bo‘lib o‘sishlariga qaratishdir. Shuningdek bayramni nishonlashning asosiy maqsadi-ulg‘ay kelayotgan yosh avlodning kelajakda ma’nan boy, jismonan sog‘lom va ahloqan pok bo‘lib voyaga yetkazishdir. U.Xo‘jaqulov Farg‘ona viloyat sudi sudyasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumani Vodilda tarixiy operasiya amalga oshirildi

Farg‘ona tumanida elektr tarmoqlari infratuzilmasi yangilanmoqda

