Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
46
5
1522025-05-27 09:10

"Faol hayotga qadam" dasturi joriy etilmoqda

✍️Prezident tomonidan 08.05.2025 yildagi «O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-171 (https://lex.uz/docs/7516927)-son qaror imzolandi. 2025 yil 1 iyundan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Faol hayotga qadam» dasturi joriy etiladi Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi: -uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati; -uy sharoitida qarab turish xizmati; -tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati; -kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati; -shaxsiy yordamchi xizmati. Shuningdek, Dastur doirasida yo‘lga qo‘yiladigan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismini vaucher asosida qoplab berish tizimi joriy etiladi. Vaucher -shaxsiy yordamchi xizmati uchun 1 guruh nogironlik belgilangan shaxsga, ko‘zi ojizlik bo‘yicha birlamchi nogironlik belgilangan shaxsga, birinchi marta nogironlar aravachasidan foydalanish belgilangan shaxsga; -qolgan xizmatlar uchun uchun Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan yoki «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga beriladi. O‘zbekiston tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz