“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi amalda







Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi doirasida O‘zbekiston tumanida ham soha rivojini yangi bosqichga olib chiqish, tibbiyot birlashmasiga qarashli sog‘liqni saqlash muassasalarida aholi uchun qulay va munosib yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman hokimligi hamda tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan tumanda ayni tizimga oid mavjud muammolarni bartaraf etish, ko‘plab tibbiyot muassasalari infratuzilmasini yaxshilash va tibbiy xizmat sifatini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, ana shu tadbirlar doirasida shu kungacha birlashmaning bolalar, tug‘ruqxona, homiladorlar patologiyasi kabi bo‘limlari, shuningdek, hududlardagi qator oilaviy poliklinikalar hamda shifokorlik punktlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Tibbiyot muassasalaridagi yoritish tizimlari yangilanib, ularga zarurati bilan yangidan suv isitgichlari o‘rnatildi. Mavjud xonalarning ta’mirtalab pol, shift va devorlari ta’mirdan chiqarilib, aholi uchun o‘rindiqlar soni ko‘paytirildi hamda sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaxshilandi. Bundan tashqari, aholi uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan yana ko‘plab muayyan ishlar bajarildi. Dasturi doirasida tuman sog‘liqni saqlash tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aholiga sifatli, qulay va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish choralari jadal davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Profilaktik suhbatlar tashkil etildi


1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


"Faol hayotga qadam" dasturi joriy etilmoqda