Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar! - O‘zbekiston tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tdi







O‘zbekiston tumanidagi maktablarda bugun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Joriy yilda tumandagi 68 ta umumta’lim maktablari, 1 ta ixtisoslashtirilgan va 3 ta xususiy maktablarda ta’lim olayotgan 42 ming nafardan ziyod o‘quvchilardan 2665 nafari maktabni tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo‘ydilar. Maktablarda o‘tkazilgan bayram tantanalarida tuman hokimligi, tashkilot va korxonalar, huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari, faollar, ziyolilar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi. “Sho‘rqishloq” mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov ishtirok etib, yoshlarni muborakbod etdi va Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Mazkur maktabni 36 nafar o‘quvchi bitirib, katta hayotga qadam qo‘ymoqda. Ularning aksariyati oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirish niyatida. Tadbirda ishtirok etgan mas’ul va faollar bitiruvchi yoshlarga o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirishdi. Eng bilimdon, zukko o‘quvchi- yoshlarga, ularning ota-onalariga hamda ustozlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘z o‘rnida maktab o‘quvchilari ham ko‘zlarda yosh, yuzlarida sevinch ila ustozlari va ota-onalariga ehtirom ko‘rsatib, o‘z minnatdorligini bildirdilar. Ular tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur, ona yurt, maktab, ustozlar va yoshlik haqida o‘qigan she’rlari davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Profilaktik suhbatlar tashkil etildi


1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


"Faol hayotga qadam" dasturi joriy etilmoqda