Nuroniylar va mahalla faollari daraxt ekdilar







Daraxt ekmoq, ularni parvarishlamoq eng ezgu va xayrli amallardan sanaladi. Bahorgi ko‘kalamzorlashtirish yumushlari hamda “Yashil makon” kabi xayrli loyihalar esa ana shu amallar ko‘lamini joylarda yanada kengayishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston tumani “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va bir guruh nuroniylar tashabbusi bilan bugun mahalla hududida yana yangi bog‘lar barpo etildi. Mehnatsevar va azmu shijoatli hamyurtlarimiz bo‘sh maydonlarni obod etib, turli mevali va manzarali ko‘chatlar ekdilar. Ta’kidlanishicha, o‘tgan 2024 yil davomida ayni mahalla bo‘ylab 12 ming tupga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan. Joriy yilda ham bu ezgu ishlarni susaytirmay, yashil maydonlarni yanada ko‘paytirishga mahalla faollari astoydil bel bog‘lashgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘



Mahalla raisi saylovi: muhim va mas’uliyatli jarayonlar boshlandi

Tuman hokimi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi