Mahalla raisi saylovi: muhim va mas’uliyatli jarayonlar boshlandi






Bugun, 1 may kuni yurtimizda muhim demokratik jarayon - mahalla raislari saylovi boshlandi. Ushbu muhim ijtimoiy-siyosiy tadbir munosabati bilan O‘zbekiston tumanidagi 73 ta mahallada saylovlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borildi. Jumladan, bugun “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida ham fuqarolar yig‘ini raisi saylovi namunaviy tarzda tashkil etildi. 3848 nafar aholi yashaydigan mazkur mahallada 3204 kishi saylash huquqiga ega. Ulardan 267 nafari saylovda qatnashish uchun vakil sifatida saylangan. Bugungi jarayonlarda ana shu vakillar faol ishtirok etib, keyingi besh yil uchun mahallaga eng munosib deb bilgan nomzodni raislikka sayladilar. Hududlarda fuqarolar yig‘ini raisi saylovi davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

O‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi


O‘z farzandidan ta’minot olish huquqi va tartibi


Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘