O‘zbekiston tumanilik pedagog “Fidoyi mehnatlari uchun” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Viloyat pedagogik mahorat markazida O‘zXDP tashabbusi, viloyat hokimligi, madaniyat boshqarmasi hamda bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi. Unda bir guruh hamyurtlarimiz “Fidoyi mehnatlari uchun” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ta’kidlanishicha, loyihadan ko‘zlangan maqsad - ko‘p millatli xalqimiz orasidagi mehnatkash, halol va ijtimoiy faolligi yuqori bo‘lgan insonlarni munosib e’tirof etish, ularni yanada rag‘batlantirish, yoshlarga esa fidoyi ustozlarni o‘rnak qilib ko‘rsatish. Shu kabi ko‘p sonli fidoiy insonlar qatorida O‘zbekiston tumanidagi “Gulshan” hususiy maktabi matematika fani o'qituvchisi, “Leader academy” o'quv markazi rahbari Oygulxon Bahromova ham ana shu e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


O‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi

O‘z farzandidan ta’minot olish huquqi va tartibi


Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘