Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘






Ajdodlarimizni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. O‘zbekiston tumanida 9 may - Xotira va qadrlash kuni arafasida o‘tganlar ruhiga ehtirom ko‘rsatib, yorug‘ dunyoda umr guzaronlik qilayotgan moʻtabar otaxon va onaxonlarimizni e’zozlashga qaratilgan turkum tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shu ezgu tadbirlar doirasida bugun tuman hokimi Ravshanbek Begmatov “Nuroniy” jamg‘armasi va jamoatchilik vakillari hamrohligida tumanda istiqomat qilayotgan bir guruh front orti mehnat faxriylari holidan xabar oldi. Samimiy yo‘qlovlar davomida piru-badavlat otaxonu-onaxonlarga Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga, bugungi osuda hayotimizni ta’minlashdagi qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik bildirildi. Ularga uzoq umr, mustahkam salomatlik va oilalariga totuvlik tilanib, ta’sis etilgan pul mukofotlari va tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday e’tibor uchun faxriylar avvalo Prezidentimizga rahmat aytib, yurtimizga abadiy tinchlik-totuvlik, qut-baraka va xalqimizga farovonlik tilab duolar qildilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

O‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi


O‘z farzandidan ta’minot olish huquqi va tartibi
