Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
21
4
382025-05-07 12:09

O‘z farzandidan ta’minot olish huquqi va tartibi

Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-modda) Ota-ona o‘z farzandlarini tarbiyalab, voyaga yetkazar ekan ularning keljakda yetuk inson bo‘lishini, o‘zidanda bahtli va farovon hayot kechirishini istaydi. Farzandlar ham ota-onadan ko‘rgan mehri va e’tiborini ular keksayganda, farzandining mexriga, parvarishiga muhtoj bo‘lganida qaytarishlari lozim bo‘ladi. Ammo, guruch kurmaksiz bo‘lmagani singari ayrim farzandlar voyaga yetgach o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishga, ularni ta’minlash-parvarishlashga e’tiborsizlik bilan qarash holatlari uchraydi. Bunday holatlarda ota-onalar o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda farzandidan o‘z ta’minoti uchun aliment undirish masalasida o‘zlari yashab turgan joydagi yoki aliment to‘lashi kerak bo‘lgan farzandlari yashab turgan manzilda joylashgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishilari mumkin bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 109-moddasi, birinchi qismiga ko‘ra, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 327-moddasi, uchinchi qismi talabiga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshdan oshgan shaxslar, agar ularga shu yoshga to‘lguniga qadar nogironlik belgilangan bo‘lsa; oltmish yoshga to‘lgan erkaklar va ellik besh yoshga to‘lgan ayollar; o‘ziga nisbatan nogironlik belgilangan shaxslar mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblanadi. Yuqoridagi qonun talablaridan kelib chiqib, oltmish yoshga to‘lgan yoki o‘ziga nisbatan nogironlik belgilangan ota, ellik besh yoshga to‘lgan yoki o‘ziga nisbatan nogironlik belgilangan ona - o‘zining voyaga yetgan mehnatga layoqatli (o‘ziga nisbatan nogironlik belgilanmagan) farzandidan aliment talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Sherzod Tadjiyev Farg‘ona viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz