Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
21
4
312025-05-05 16:22

Bo‘stonga 1 ta yangi transformator va 145 ta beton tayanch ustunlari, Zinashaga esa 247 ta beton tayanch ustunlari o‘rnatildi

O‘zbekiston tumanida og‘ir hudud toifasiga kiritilgan mahallalar infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarni “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bartaraf etish tadbirlari davom etmoqda. Xususan, shu kunlarda ayni dastur doirasida “Bo‘ston” va “Zinasha” mahallalarida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Shu maqsadda ko‘p millatli “Bo‘ston” mahallasiga 250 kVa quvvatli 1 ta yangi transformator va 145 ta yangi beton tayanch ustunlari, “Zinasha” mahallasiga esa 247 ta beton tayanch ustunlari o‘rnatildi. Shuningdek, tuman energetiklari tomonidan ayni manzillarda belgilangan loyihalarga ko‘ra yana yangi transformatorlar o‘rnatish va havo tarmoqlarini tortishga hozirlik ko‘rilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz