Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
118
15
4912025-04-30 21:49

Tuman hokimi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086507961330780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086507961334365.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086507961336755.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086507961337950.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086507961346315.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086507961351095.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086507961360655.jpg

Bugun O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sodirjon Abdullayev bilan birgalikda "Kichik Oqmachit" mahallasida o‘tkazilgan fuqarolar sayyor qabulidan so'ng hududdagi 42-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan ham tanishdi. Ta’lim muassasadagi ayni kunlarda 325 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ularga 23 nafar pedagog murabbiylar davlat dasturlari asosida boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni berishmoqda. Yo‘lga qo‘yilgan ingliz tili, raqs, badiiy gimnastika, rasm va "Zumradoylar davrasi” kabi to‘garaklar jajji kichkintoylar shaxsini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 1988 yilda qurilgan bolalar bog‘chasi 2021 yilda “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida yangidan ko‘rkam qiyofa va zamonaviy ko‘rinish kasb etgan. Ayni shu yili MTTning bo‘sh yer maydonida 90 o‘rinli yengil konstruksiyali konteyner-bog‘cha ham qurilib, bolalar soni oshirilishiga erishilgan. Maskanda bolalarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishgan tuman rahbari, hududdagi bog‘cha yoshidagi bolalar qamrovi bilan qiziqdi. Soha fidoiylariga yosh avlodga munosib ta’lim tarbiya berishda omadlar tiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz