Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!

Hurmatli tadbirkorlar, joriy yilning 1–10 avgust kunlari O‘zbekiston tumani hokimining o‘rinbosari Jaxongir Akramov boshchiligida tuman tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning Xitoy davlatiga amaliy tashrifi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida Xitoyning yirik korxona va tadbirkorlari bilan istiqbolli savdo shartnomalari tuzish hamda investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Xitoy davlati texnologiyalari asosida ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish hamda xitoylik hamkorlar bilan birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish istagida bo‘lgan tadbirkorlarimizni tuman Investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limiga murojaat qilishlari mumkinligini bildiramiz. 📱Murojaat uchun raqamlar: +998905507076, +998975011777
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Madaniyat karvoni Yaypanda: konsert-tomosha tadbiriga marhamat!



Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
