O‘zbekiston tumanilik yosh voleybolchilar “Havaskorlar ligasi” viloyat musobaqalarining mintaqa bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi




O‘zbekiston tumanilik yoshlar “Dolzarb 90 kunlik” doirasida o‘tkazilayotgan “Havaskorlar ligasi” sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqda. Xususan, liga doirasida viloyatda sportning voleybol turi bo‘yicha 4 ta mintaqaga bo‘lingan holda musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ayni 4-mintaqa guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston tumanilik yosh voleybolchilar jamoalari 14-17 va 18-30 yosh toifalarida Qo‘qon shahar, Dang‘ara, Furqat va Beshariq tumanilik tengdoshlari bilan bellashuvlarda ishtirok etdi. Qiziqarli va murosasiz bahslarda o‘g‘il va qizlar jamoalarimiz ham har ikki yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Madaniyat karvoni Yaypanda: konsert-tomosha tadbiriga marhamat!

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!


Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
