Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
21
4
642025-05-02 16:17

O‘zbekiston tumanidagi eng katta birlamchi tibbiyot muassasalaridan biri tashabbus natijasida zamonaviy ko‘rinish kasb etdi

O‘zbekiston tumani “Yakkatut” mahallasidagi 73-oilaviy poliklinika “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida mukammal ta’mirlanib, ishga tushirildi. 1987 yilda qurilgan va o‘tgan davr mobaynida ko‘zga ko‘rinarli ta’mirlash ishlari olib borilmagan maskan infratuzilmasini yaxshilashga oid ilgari surilgan taklif eng ko‘p ovozlardan to‘plab, loyiha g‘olibligiga erishdi. Jamoatchilik tashabbusining ro‘yobi uchun davlat byudjetidan 1,2 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilib, muassasa zamonaviy qiyofa kasb etdi va barcha qulayliklarga ega bo‘ldi. Ko‘rkam binoning foydalanishga topshirish marosimida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov boshchiligidagi mutasaddilar, salomatlik posbonlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan tuman rahbari ijtimoiy muammolarni hal etishdagi samarali yondashuvlardan biri - “Tashabbusli byudjet” loyihasi aholi turmush farovonligini oshirish, ularga munosib yashash sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etayotganligini qayd etdi. Qayta chiroy ochgan maskan bilan barchani samimiy qutladi. Tashabbus samarasida, endilikda muassasadagi 110 nafarga yaqin tibbiyot xodimlari tomonidan hududdagi 11 ta mahallada yashovchi qariyb 31 ming nafar aholiga har tomonlama qulay va zamonaviy sharoitda birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz