Farg‘ona tumanida “Yoshlar oqshomi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi







Farg‘ona tumanining “Kaptarxona”, “Mehnatobod” va “Barqaror hamjihatlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlar etakchilari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” hamda “Yoshlar oyligi” doirasida “Kaptarxona” madaniyat uyida “Yoshlar oqshomi” nomli konsert dasturi tashkil etildi. Mazkur tadbir aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy hordiq chiqarishini ta‘minlashga qaratildi. Kechada uch mahallaning yoshlari, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Konsert dasturida mahalliy taniqli san‘atkorlar, xonandalar va ijodkorlar o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida “Yoshlar oyligi” doirasida faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Oila mustahkamligi – jamiyat farovonligi


Ijtimoiy ko‘nikma markazi yangi xayot sari yetaklaydi

Ҳамкорликда иш юритиш ижобий натижага тез эришиш йўли.
