BITIRUVChI - 2025 MAKTAB BITIRUVChILARI BILAN OChIQ MULOQOT






Oltiariq tuman hokimligi tomonidan maktab bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi. Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilgan tadbirda pedagog-ustozlar, ota-onalar va yoshlar qatnashdi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I.G‘ofurov hamda maktab rahbari X.Raximov tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr yuritildi. Ta‘limni keyingi bosqichlarda davom ettirish, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Maktabni muvaffaqiyatli tamomlayotgan, sertifikat va muddatidan oldin talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bir guruh bitiruvchilarga tuman hokimligining "Tashakkurnoma" hamda estalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


O‘zbekiston tumanidan 93 nafar ziyoratchi muborak safarga yo‘l oldi


21 millionlik alimentni Rossiyadan qaytgan ona to‘lab berdi

Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Plenum qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi