Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
36
4
822025-05-22 11:18

Plenum qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, moddiy va prosessual huquq normalarini bir xil qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025 yil 29 aprel kungi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 10-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” 2012 yil 14 sentyabrdagi 12/239-sonli qarori 13-bandining birinchi xatboshisi yangi tahrirda bayon etilib, unga ko‘ra “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasi birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat (ariza) bilan murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. Ushbu qoida mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinganda ham tatbiq etilishi belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlarda yerga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2023 yil 20 noyabrdagi 28-sonli qarori 251-band bilan to‘ldirilib, Fuqarolik kodeksi 382-moddasining birinchi qismida, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkinligi nazarda tutilganligi, shu munosabat bilan prokuror yer uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilish talabi bilan faqat shartnoma taraflari manfaatida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkinligi, bunda nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etishi lozimligi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisidagi qoida yer ijara shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi talabga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Qishloq xo‘jaligida qonuniylikni ta’minlash va yerdan foydalanishdagi suiiste’molchiliklarning oldini olishda iqtisodiy sudlarning rolini oshirish to‘g‘risida” 2004 yil 12 martdagi 115-sonli qarori 5-bandi yangi tahrirda bayon etilib, fermer xo‘jaligi bilan yer ijarasi shartnomasini tuzgan qishloq xo‘jalik kooperativi tugatilgan hollarda yer ijarasi shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 6-moddasiga muvofiq, tuman hokimliklari da’vogar sifatida qatnashishlari mumkinligi belgilandi. Kiritilgan mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar sudlar tomonidan ishlarni ko‘rishda moddiy va prosessual huquq normalarini bir xil qo‘llanilishiga xizmat qiladi. Ibroximjon Tursunov, O‘zbekiston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz