“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning viloyat bosqichi musobaqalarida matonatli tumandoshlarimiz o‘z iqtidor va mahoratini namoyish etdi






Farg‘onada “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport bayrami nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport va jamiyat hayotiga faol integratsiyalashish yo‘lida muhim qadamlardan biridir. Chinakam iroda, matonat hamda ezgulik namoyishi bo‘lgan mazkur bellashuvlarda mahalliy saralash bosqichlarida muvaffaqiyat qozongan ishtirokchilar 13 ta adaptiv sport turlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib bordi. Musobaqalarda tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutasaddilari hamrohligida qatnashgan 9 nafar tumandoshlarimizning ham g‘alaba uchun bo‘lgan irodasi, kuch-g‘ayrati va qat’iyati tomoshabinlar va hakamlar tomonidan yuqori baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, irodali tumandoshlarimizdan 3 nafari para stol tennisi, para yengil atletika va shaxmat bo‘yicha 2-o‘rinni egallashgan bo‘lsa, 3 nafari para yengil atletika va turgan joydan uzunlikka sakrashda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqaning Respublika final bosqichi yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


O‘zbekiston tumanidan 93 nafar ziyoratchi muborak safarga yo‘l oldi

21 millionlik alimentni Rossiyadan qaytgan ona to‘lab berdi

Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Plenum qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi