Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
36
4
782025-05-22 11:21

Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Viloyatimizda bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhining tashabbusi bilan O‘zbekiston tumanida band bo‘lmagan aholi vakillarini doimiy ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkillandi. Mehnat yarmarkasiga asosan probatsiya hisobidagi fuqarolar, migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz va ishsiz xotin-qizlar jalb etildi. Yarmarkada tumandagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. Yarmarka davomida 10 nafar fuqaroga tadbirkorlik sub’yektlari hamda boshqa tashkilotlarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, 10 nafar ishsiz xotin-qizlar tikuvchilik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitish uchun o‘quv kurslariga jalb etilib, 25 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligiga oid huquqiy maslahatlar berildi. Bundan tashqari, tadbir davomida probatsiya nazoratida turgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning bu yo‘nalishdagi muammo va takliflari o‘rganildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz