O‘zbekiston tumanidan 93 nafar ziyoratchi muborak safarga yo‘l oldi







Bugun O‘zbekiston tumanidagi “Oqtepa” jome masjidida Haj amallarini mukammal ado etishni niyat qilgan O‘zbekiston tumanilik ziyoratchilar kuzatildi. Tumandan bu yilgi mavsumda 93 nafar yurtdoshimiz Haj ziyoratiga yo‘l oldi. Ziyoratchilarni kuzatish marosimida O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov boshchiligidagi rasmiylar, bo‘lajak hojilarning yaqinlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga olganlar Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan yurtdoshlarimizni oy borib, muborak Haj ziyoratining barcha amallarini to‘la-to‘kisligicha ado etib, oilalari bag‘riga sog‘-omon qaytishlari, yurtimiz, xalqimiz, ahli oilalari, farzandlari haqqiga qiladigan barcha duolari qabul bo‘lishini Yaratgandan so‘rab duolar qilishdi. Safar oldidan ziyoratchilarga Haj davomida bajariladigan amallar, rioya etish zarur bo‘lgan qoidalar yana bir bor tushuntirildi. Kuzatish marosimidan so‘ng ziyoratchilar maxsus avtobuslarda yo‘l harakati xavfsizlik xizmati va “Tez yordam” xodimlari kuzatuvida Namangan shahridagi xalqaro aeroportga yo‘l olishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



21 millionlik alimentni Rossiyadan qaytgan ona to‘lab berdi

Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Plenum qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi