Rishtonlik ziyoratchilar haj safariga jo‘nab ketishdi

Islom dinida farz qilingan haj amalini ado etish maqsadida Rishton tumanidan bir guruh fuqarolar muborak safarga yo‘l olishdi. Rishton tumanining barcha 71 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan tavsiya etilgan fuqarolar bilan haj safaridan oldin tumanning “Xo‘ja Ilg‘or” jome masjidida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov ishtirok etib, ziyoratchilarni tabrikladi va ularga haj amallarini belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq ado etib, Vatanga eson-omon qaytishlarini tiladi. Tadbir yakunida ziyoratchilarni tuman hokimligi vakillari va ularning oila a’zolari kuzatib qo‘yishdi. So‘ngra ular viloyat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda “Tez yordam” xodimlari kuzatuvida maxsus avtobuslarda Namangandagi aeroportga kuzatilishdi. Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Profilaktik suhbatlar tashkil etildi


1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


"Faol hayotga qadam" dasturi joriy etilmoqda