Bosh prokuratura xuzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamenti










Oltiariq tuman bo‘limining binosi foydalanishga topshirildi. Bo‘lim xizmatchilari uchun qulay ish sharoitiga ega bo‘lgan, barcha zaruriy vositalar bilan jihozlangan yangi binoning ochilish tadbirida Farg‘ona viloyat prokurori B.Ismoilov, Oltiariq tuman hokimi Sh.Turdaliev, tuman prokurori R.Tillaev, IIB boshlig‘i I.Sotvoldiev bir qator huquq-tartibot va davlat idoralari rahbarlari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish, davlat va xalq manfaatlarini ta‘minlash, korrupsion xolatlarni oldini olish va qarshi kurashish borasida deportament xodimlarining vazifalari haqida to‘xtaldilar. Bo‘lim faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda xissa qo‘shgan mutasaddilarga minnatdorchilik bildirildi.Ko‘p yillar davlat organlari va boshqaruv tizimlarida ishlagan nuroniylar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi"ga aylangan suhbatda xayotiy tajribalar o‘rtoqlashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


O‘zbekiston tumanidan 93 nafar ziyoratchi muborak safarga yo‘l oldi


21 millionlik alimentni Rossiyadan qaytgan ona to‘lab berdi

Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Plenum qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi