Oltiariq tumanida Agrobank ATB Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i








Ravshanbek Dadaqo‘zievning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Azimjon Islomov, Agrobankning tuman filiali rahbar va mutaxassislari hamda oltiariqlik bir guruh yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda bank rahbari tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma‘lumotlar berildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar ayniqsa, yoshlarni ishbilarmonlik va biznesga yo‘naltirish, bu borada yangi g‘oya va tashabbuslarni rag‘batlantirish uchun Agrobank tizimida yo‘lga qo‘yilgan ishlar, samarali biznes loyihalarni moliyalashtirish, yoshlarni bank, moliya sohasidagi bilimlarini shakllantirish masalalarida fikr yuritildi. Yoshlar tadbirkorlik, moliyaviy xo‘jalik yuritish va shu kabi mavzuga oid savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


O‘zbekiston tumanidan 93 nafar ziyoratchi muborak safarga yo‘l oldi


21 millionlik alimentni Rossiyadan qaytgan ona to‘lab berdi

Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Plenum qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi