Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari “Zakovat”da bellashdilar








O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tamoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi tashabbusi bilan tumanlararo “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan musobaqada Qo‘shtepa, Yozyovon, Toshloq tumanlari va Marg‘ilon shaharidagi O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tamoqlari xodimlari kasaba uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning jamoalari ishtirok etishdi. Marg‘ilon shahridagi “Yodgorlik” korxonasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tamoqlari xodimlari kasaba Kengashi raisi A.Xaqqulov, kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi T.Xomidov va boshqa mas’ullar ham ishtirok etishdi. “Zakovat” o‘yinida ishtirok etgan jamoalar g‘olib bo‘lish uchun bor bilimlarini ishga soldilar. O‘yin so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, musobaqaning so‘ngi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Sayyor qabul: murojaatlar yechimi izlandi

“Kitobxonlik haftaligi” qizg‘in davom etmoqda



Rasmiy munosabat: Qaytadan tahlil namunalari olindi