Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
6
3
522025-04-23 16:02

“Kitobxonlik haftaligi” qizg‘in davom etmoqda

“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” O‘zbekiston tumanida qizg‘in sur’atlarda davom etmoqda. Xususan, tuman axborot-kutubxona markazida kitobsevar yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirokida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilishga qaratilgan turkum madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkillanmoqda. Umumta’lim maktablari o‘quvchi o‘g‘il-qizlari ishtirokida o‘tkazilayotgan turli adabiyot va badiiy asarlar yuzasidan savol-javoblar, taqdimot va intellektual o‘yinlar, mazmunga boy sahna chiqishlari yosh avlodning ma’naviy hamda intellektual salohiyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Haftalik doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tuman maskanlarida davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz