Kitobxonlik haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda





“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Qo‘shtepa tumani axborot-kitobxona markazida “Yosh kitobxon” to‘garagi a’zolari hamda faol kitobxonlar o‘rtasida “Biz ozod va obod yurt farzandlari” mavzusida adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Ushbu kechada yosh kitobxonlar tomonidan ijro etilgan she’r va raqslar davraga zavq bag‘ishladi. Kecha davomida bolalarning sevimli ertak kitoblaridan biri “Yetti tilak” ertagi yuzasidan ovozli o‘qish olib borildi. Tadbir so‘ngida “Eng faol kitobxon”, “Eng zukko kitobxon”, “Eng bilimdon kitobxon” tanlovlari bo‘yicha kichkintoy kitobxonlar axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Sayyor qabul: murojaatlar yechimi izlandi

“Kitobxonlik haftaligi” qizg‘in davom etmoqda



Rasmiy munosabat: Qaytadan tahlil namunalari olindi