Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
6
3
522025-04-23 15:56

O‘zbekiston tumani delegatsiyasi Batkenda bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda ishtirok etdi

Qirg‘iziston Respublikasining Batken shahrida “O‘rik guli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Qo‘shni qardoshlarimiz taklifiga binoan mazkur tadbirda O‘zbekiston, So‘x va Rishton tumanlari hokimlari boshchiligidagi delegatsiyalar ham ishtirok etdi. Festival doirasidagi tadbirda so‘z olganlar azaldan ikki xalqni boy do‘stona qadriyatlar, tili va dini, tarixi, urf-odat va an’analari, madaniyati bog‘lab turishi, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o‘zaro aloqalarimiz mohiyatan yangicha shakl va mazmun kasb etayotganini ta’kidlashdi. Ma’lumki, ijodkor faoliyati uchun ko‘rgazma va festivallarning ahamiyati katta. Boisi shu kabi tadbirlarda ular o‘z mehnatlari mahsulining qiymati va bahosini his qilishadi hamda bundan motivatsiya olishadi. Ana shu maqsadlarga yo‘naltirilgan ijodiyot va do‘stlik festivalida O‘zbekiston tumani hunarmandlari, shuningdek Qudash “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi yashovchilari tomonidan yaratilgan buyumlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Yarmarkada gullar, idishlar, taomlar, kiyim-kechak va mahalliy aholi tomonidan sotilayotgan mahsulotlar namoyish etildi. Tadbir doirasida mehmonlar Botken tumanida joylashgan Muz-Bulak qo‘riqxonasida ham bo‘lib, u yerda "Aygүl" gulining gullashini kuzatishdi. Ikki davlat o‘rtasida hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat hamda teng huquqlilikka asoslangan do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar kelgusida ham muntazam va ana shunday mazmunga boy o‘tishiga iliq tilaklar bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz