Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
6
3
722025-04-22 10:48

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida bugun O‘zbekiston tumani qo‘riqlash departamenti xodimlari tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar.

Markaz hovlisida tashkil etilgan kitobxonlik ko‘rgazmasi va davra suhbati mazmunga boy o‘tdi. So‘zga olganlar kitobning inson qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, odamlarda mehr-oqibat tuyg‘ularini kamol toptirishdagi o‘rni haqida to‘xtalib, kitob o‘qigan kishining ma’naviyati yuksalib, dunyoqarashi kengayib boraverishi haqida alohida ta’kidlashdi. Qo‘riqlash departamenti xodimlari yangi nashrdan chiqqan kitoblar bilan tanishib, mutolaa uchun asarlardan olishdi. Haftalik doirasida belgilangan tadbirlar tuman bo‘ylab ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz