“Tashabbusli byudjet” samarasi: O‘zbekiston tumanidagi 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy ko‘rinish kasb etdi








O‘zbekiston tumani “Zinasha” mahalla fuqarolar yig'inidagi 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mukammal ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Abdulatif Imomnazarov, viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, mahalla faollari va ustoz-pedagoglar ishtirok etdi. 1991 yilda barpo etilgan muassasada o‘tgan davr mobaynida salmoqli ta’mirlash ishlari olib borilmagan edi. “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida bog‘cha infratuzilmasini yaxshilashga oid ilgari surilgan taklif eng ko‘p ovozlardan to‘plab, loyiha g‘olibligiga erishdi. Byudjetdan ajratilgan 1 milliard 300 million so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga maskanda keng ko‘lamdagi ta’mirlash-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Natijada, bu yer chindan ko‘rkam muassasaga aylanib, unda ta’lim-tarbiya olayotgan 215 nafar bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Sayyor qabul: murojaatlar yechimi izlandi

“Kitobxonlik haftaligi” qizg‘in davom etmoqda


Rasmiy munosabat: Qaytadan tahlil namunalari olindi