Rasmiy munosabat: Qaytadan tahlil namunalari olindi



Uzbеkiston tumani "Buzuqo'rg'on" mahallasi aholisiga istеʼmol uchun yetkazilayotgan ichimlik suvi sifati 10.04.2025 yil kuni o'rganilgan.O'rganish davomida hududiy SEO va JS tomonidan tahlil uchun namunalar olingan bo'lib, tahlil natijalariga muvofiq, SEO va JS xulosalarida suvning umumiy qattiqligi yuqoriligi, qolgan ko'rsatkichlar bo'yicha mе'yordan yuqori emasligi bildirilgan. (https://t.me/UzSuvTaminotFargona/17995?single) Ushbu hududda boshqa ichimlik suv manbaasi yo'qligi sababli aholiga boshqa yangi ichimlik suv qudug'i Davlat dasturi asosida qazib bеrilishi bo'yicha tushuntirishlar bеrilganligini ma'lum qilamiz. Hozirda "Farg'ona suv taminoti" AJ tasarrufidagi Qoqon shahar filiali ichimlik suvi laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan qayta tahlil namunalari maxsus idishlarga olindi va yakuniy xulosalardan soʻng qoʻshimcha maʼlumot beriladi. “Farg‘ona suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Sayyor qabul: murojaatlar yechimi izlandi

“Kitobxonlik haftaligi” qizg‘in davom etmoqda

