Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
7
3
252025-04-24 08:20

“Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

Kitobxonlik haftaligi “O‘zbekiston – Kitobxonlar yurti” V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Qo‘shtepa tumanidagi 7-maktabda 5-sinflar o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov o‘quvchilarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda o‘z fikrini ravon bayon eta olish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Tanlovda har bir sinfdan iqtidorli va kitobxon o‘quvchilar ishtirok etdi. Ishtirokchilar tanlov davomida o‘zlari o‘qigan badiiy asarlar haqida ma’lumot berib, qahramonlarning xatti-harakatlarini tahlil qildilar va o‘quvchilarga ibratli jihatlarni tushuntirib berishdi. Shuningdek, savol-javoblar va kitoblar asosida yaratilgan taqdimotlar tanlovga alohida fayz kiritdi. Tadbir yakunida eng faol va bilimli ishtirokchilar aniqlanib, “Eng yaxshi kitobxon” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz