Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
7
3
652025-04-23 18:55

Jinoyatchilikni oldini olish – kechiktirib bo‘lmas vazifa

Jinoyatchilikni oldini olish – kechiktirib bo‘lmas vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-sonli qarorlari talablari doirasida Quvasoy shahar Qo‘chqorchi mahalla fuqarolar yig‘inida sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama tashkil etildi. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ikramov, Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar prokurori Sanjarxon Djaxanov, shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Asqarov, mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi hamda mahallalarda yashovchi aholi jalb etilgan tadbirda sodir etilgan jinoyat, uning kelib chiqish sabablariga e’tibor qaratildi. Hududlardagi huquqbuzarlik va jinoyatlar soni oshib ketishiga sabab bo‘layotgan omillar aytib o‘tildi va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi. Yakunda mahalla faollari ishtirokida kun tartibidagi masalalar yuzasidan birgalikda va hamkorlikda olib boriladigan ishlar kelishib olindi. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz