Quvasoy shahrida “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda







Quvasoy shahrida “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda Joriy yilning 21–27-aprel kunlari “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Quvasoy shahrida kitob ko‘rgazmalari va kitobxonlik tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, yoshlar, oila a’zolari va shahardagi korxona va tashkilot xodimlari ham mazkur tadbirda faol ishtirok etmoqdalar. Mazkur tadbir va undagi ko‘rgazmalar barcha yoshdagi kitobxonlar uchun ochiq bo‘lib, unda bolalar, yoshlar va kattalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilmoqda. Kitobxonlar o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblarni tanlab ko‘rib chiqish, ularni o‘qish va baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Ushbu tadbirlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yosh avlodni ma’naviy yetuk va bilimli insonlar etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘shtepa tumani “Balandmasjid” MFY sxemasi

Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari “Zakovat”da bellashdilar

“Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi


Qo‘riqlash xizmati xodimlari kutubxonada

Kitobxonlik haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda