Farg‘ona shahrida “Dolzarb 90 kun”: maktablarda yoz — yangi imkoniyatlar va quvonch mavsumi!








Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi Farg‘ona shahridagi barcha maktablarda o‘quvchilar uchun sermazmun va qiziqarli yozgi mavsumni yaratmoqda. 1-iyundan 30-avgustgacha davom etadigan ushbu loyiha doirasida bolalar nafaqat dam olishmoqda, balki vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, o‘z qobiliyatlarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Maktablarda har kuni turli to‘garaklar, sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar, madaniy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, yoshlar ijodiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda. Farg‘onalik o‘quvchilar uchun yoz — hordiq mavsumi bilan birga, yangi yutuqlar va orzular sari qadam tashlash davri bo‘lib bormoqda!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mahalla ahli sayyor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Tuman hokimi tadbirkor murojaatini joyiga borib o‘rgandi


“Dolzarb 90 kun” loyihasi – amalda